Ru En
Uz
Jp

Oylik muvaffaqiyatli o`tdi

Poytaxtimizdagi Yapon bog`ida "O`zbekiston madaniyati va san`ati forumi" jamg`armasi, "Ayollar kengashi" Respublika jamoat birlashmasi va "Mehr nuri" jamg`armasi hamkorligida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlangan turkum tadbirlar oyligining o`ziga xos yakuni sifatida bolalar uchun xayriya tadbiri o`tkazildi.

Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning sog`lom va barkamol insonlar bo`lib voyaga yetishi uchun yaqindan ko`maklashish, ijodiy-intellektual salohiyati to`la yuzaga chiqishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratish "O`zbekiston madaniyati va san`ati forumi" jamg`armasi faoliyatida ustuvor o`rin tutadi, deb xabar beradi O`zA.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlangan oylik mobaynida Toshkent va Samarqand shaharlarida "Vatanimiz tarixi" mavzuida xayriya aksiyasi bo`lib o`tdi. Bolalarni tariximiz, qadimiy me`moriy obidalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar tashkil etildi. Ayni paytda Mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari, kam ta`minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning o`g`il-qizlari uchun sirk san`ati ustalari ishtirokida musiqiy dasturlar, konsertlar, yosh ijodkorlar asarlari ko`rgazmalari, sport musobaqalari, intellektual bellashuvlar o`tkazildi.

Xayriya tadbirida san`at ustalari va ijrochi yoshlar, bolalar badiiy jamoalari ishtirokida konsert namoyish etildi.

Манба: http://culture.uzreport.com/news.cgi?lan=u&id=77677

Матбуот биз ҳақимизда

uzreport.com
buxoronoma.uz
"ИнтерФутбол"
uzssgzt.uz
iqbol.uz
region.uz
Нашрлари архиви

© «Ўзбекистон маданияти ва санъати форуми» жамғармаси, 2004—2012

Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Фонд Форумнинг веб-сайтидаги мақолалар ва бошқа материалларни ёзма рухсатдан бошқа йўллар орқали кўчириш, акс эттириш (жумладан, Интернет тизимидаги сайтларда тасвирлаш ёки таҳлил қилиш), қайта ишлаш, тарқатиш, эфирга узатиш, Фонд Форум веб-сайтининг мақолалари ва бошқа материаллардан ҳар қандай усулда фойдаланиш таъқиқланади ва Ўзбекистон Республикасининг муаллифлик ҳуқуқини ҳимоя қилиш бўйича қонунчилигида кўрсатилган тартибда жавобгарликка тортилади.

Манзил: Тошкент ш., Ўзбекистон шохкўчаси, 80
Тел/Факс: (998 71) 239-2771, 239-2774